Elektron maʼlumotlar bazasi korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xalqaro tajriba, ilmiy tadqiqotlar, uslubiy va amaliy ishlanmalar, qonun hujjatlari va statistik maʼlumotlarni oʻzida jamlagan innovatsion platforma hisoblanadi.
Elektron ma'lumotlar bazasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-sonli "Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2024-yil 16-oktabrdagi 80-T-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish sohasida elektron ma’lumotlar bazasini yuritish to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektron ma'lumotlar bazasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha virtual akademiya" loyihasi doirasida faoliyat yuritadi.

Asosiy maqsad – korrupsiyaga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy va xalqaro tajriba, ilmiy, metodik va amaliy ishlanmalar bo‘yicha ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlarni taqdim etish. Bu foydalanuvchilarning huquqiy ongini va malakasini oshirishga, shuningdek, ushbu sohadagi ilmiy-metodik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

